Gazli Gas Storage kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori bo‘lgan “Gazli”ning operatori ta’sischilari o‘zgarganiga izoh berdi. “Baxtiyor Fazilov restrukturizatsiyadan keyin ham asosiy benefitsiar bo‘lib qolmoqda. Kompaniya hech qachon sanksiya ostidagi shaxslarga tegishli bo‘lmagan”, — deyiladi bayonotda.
Gazli Gas Storage QKning nazorat paketi (60%) Rossiyaning “Forus”idan Gonkongning Daxon Holdings kompaniyasiga o‘tdi. Bu kompaniya haqida internetda ma’lumot deyarli yo‘q. U O‘zbekistondagi eng yirik gaz ombori — “Gazli”ni boshqaradi, ya’ni mamlakatning gaz saqlash bo‘yicha energiya balansiga ta’sir ko‘rsatadi.
“O‘zbekneftgaz” va Rossiyaning “Forus” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan Gazli Gas Storage QK 2025-yilgacha “Gazli” yerosti gaz ombori quvvatini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. “O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining holati to‘g‘risida”gi ma’ruza mualliflari ayrim savollarni o‘rtaga tashlashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting